Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Oʼzbekiston Milliy universiteti talabalari toʼliq tarkibda Olimpiya oʼyinlariga yoʼllanma olishdi

Bugungi kunda, yurtimiz vakillari barcha sport turlari boʼyicha Olimpiya, Jahon va Osiyo oʼyinlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. Jumladan, Respublikamizda Taekvondo (WTF) sport turi jadal ravishda rivojlanib, yoshlar oʼrtasida yanada ommalashib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.

Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulьtetiga oʼqishga qabul qilingan yoshlarning aksariyati Jaxon, Osiyo va Respublikamiz chempionlari hamda sovrindorlari hisoblanishadi. Jumladan, joriy yilning 21-22 may kunlari Аmman (Iordaniya) shahrida Taekvondo WT boʼyicha Osiyo qitʼasi uchun yoʼllanma beruvchi soʼnggi litsenzion turnirning birinchi va ikkinchi kungi bahslari oʼz yakuniga yetdi. Bunda Oʼzbekiston Milliy terma jamoa aʼzolari, Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti iqtidorli sportchi talabalari Svetlana Osipova va Ulugʼbek Rashitovlar oʼz vazn toifalarida Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʼllanmani qoʼlga kiritishgan boʼlsa, yana ikki nafar Para Taekvondo yoʼnalishi boʼyicha iqtidorli sportchi talabalrimizdan Ziyoda Isoqova va Zuxriddin Taxirovlar Tokio-2020 Paralimpiya litsenziyasini qoʼlga kiritdilar.

Iqtidorli sportchi talabalarimiz oʼz vazn toifalarida barcha raqiblarini magʼlub etib, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisiga aylandilar.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Oʼzbekiston Milliy universiteti iqtidorli sportchi talabalari Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlariga 5 ta yoʼllanmani qoʼlga kiritdilar:

1.Аbdulxabibov Аzizbek- Par Kanoe sport turi boʼyicha;

2.Isoqova Ziyoda – Partaekvondo yoʼnalishi boʼyicha;

  1. Taxirov Zuxriddin- Partaekvondo boʼyicha;
  2. Rashitov Ulugʼbek- Taekvondo (WT) boʼyicha;
  3. Osipova Svetlana- Taekvondo (WT) boʼyicha.

Shuningdek, 2020 yil 23 may kuni Tbilisi shahrida tashkil etilgan para pauerlifting boʼyicha navbatdagi Jahon kubogining 3-kun bellashuvlari ham oʼz nihoyasiga yetdi.

Qiziqarlisi, turnirda -88 kg vazn toifasidaOʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti talabasi Farhod Umrzaqov 205 kg natija bilan oltin medalni qoʼlga kiritdi. Bundan tashqari, -107 kg vazn toifasida bellashuvlarda ishtirok etgan yana bir sportchi talabamiz Nuriddin Davlatov 215 kg natija bilan kumush medalga sazovor boʼldi.

Darvoqe,oʼtgan kecha ayollar oʼrtasida -61 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz Roʼza Qoʼzieva 110 kg ogʼirlikni boʼysundirgan holda oltin melalni qoʼlga kiritgan edi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning yoshlarga koʼrsatayotgan gʼamxoʼrligi, Universitet rahbariyatining yoshlarga oʼz imkoniyatlarini toʼlaqonli namoyish qilishlari uchun yaratib berayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan xolda, talabalarimiz oʼz minnatdorchiliklarini, xalqaro sport maydonlarida yurt bayrogʼini koʼklarga koʼtarib, tengdoshlari orasida tengsiz deb, ifodalanishi, universitet ustozlarini yakdillik bilan ulkan maqsadlar sari oldinlashga undaydi. Oʼzbekiston Milliy universiteti talabalarimizni Olimpiya oʼyinlari sari muvaffaqiyatli qadami bilan samimiy qutlaymiz. Yangi Oʼzbekiston, yangi gʼalabalar!

OʼzMU Аxborot xizmati