Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oʼzbekiston Milliy universitetiga 46-maktab bitiruvchi oʼquvchilari tashrif buyurishdi

Joriy yilning 22 may kuni Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetiga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 46-umumiy oʼrta taʼlim maktabi bitiruvchi oʼquvchilari tashrif buyurdi.

Dastlab bitiruvchi oʼquvchilar Oʼzbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulьteti boʼylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida dekan va dekan oʼrinbosarlari universitetning barcha fakulьtetlari, yoʼnalishlari, imtiyozlari va qulayliklari haqida oʼquvchilarga batafsil maʼlumotlar berishdi. Shu bilan birga, universitet boʼylab sayohat ham uyushtirildi. Bitiruvchi oʼquvchilar rektorat joylashgan asosiy bino, geografiya va geologiya fakulьteti muzeyi, biologiya fakulьtetida joylashgan laboratoriya va kutubxona boʼylab sayohat qilishdi. Ushbu sayohat natijasida, bitiruvchi oʼquvchilar oʼzlari uchun koʼplab kerakli boʼlgan savollariga javob olishdi.

Olmazor tumanidagi 46-umumiy oʼrta taʼlim maktabi bitiruvchi oʼquvchilari universitetga tashrifidan mamnun boʼldilar. Shu bilan bir qatorda, ekskursiya tashkilotchilari ham oʼzlarining asosiy vazifasini muvaffaqiyatli bajarishdi - maktab oʼquvchilarini universitet bilan tanishtirishdi va ularga kelgusida qaysi oliy taʼlim dargohini tanlash borasida amaliy yordam berishdi.

OʼzMU Аxborot xizmati