Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

OʼzMU talabasi Ulugʼbek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlari yoʼllanmasini qoʼlga kiritdi

Joriy yilning 22 may kuni Iordaniyaning Аmman shahrida taekvondo WT boʼyicha Osiyo qitʼasi uchun yoʼllanma beruvchi soʼnggi litsenzion turnirning birinchi kungi bahslari yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda Oʼzbekiston sport olamida yangi sahifa ochgan terma jamoamiz aʼzolaridan ayollar oʼrtasida Nigora Tursunqulova -67 kg, erkaklar oʼrtasida Ulugʼbek Rashitov -68 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʼllanmani qoʼlga kiritishdi.

Eslatib oʼtamiz, Ulugʼbek Rashidov Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti 20/105 gurux talabasi. Iordaniyada osiyolik taekvondochilar uchun litsenzion turnirning dastlabki bosqichida 19 yoshli talabamiz moʼgʼulistonlik Natsagdoroj Аchitkxuuni magʼlub etdi. Soʼng Rashitov filippinlik Аrven Аlkantarani taslim qildi. Shuningdek, yarim finalda Ulugʼbek Rashitov qozogʼistonlik Kayrat Sarimsakovga qarshi dayanga chiqib gʼalaba qozondi. Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlari yoʼllanmasini qoʼlga kiritgani universitetimizning 103 yillik yoshiga munosib sovgʼa boʼldi. Eʼtibor bersangiz yoshlarimiz Olimpiadadan hech qachon medalsiz qaytmagan.

Turnir jarayonida Nigora Tursunqulova Tokio-2020 litsenziyasi uchun qatarlik Maram Fatnassiga qarshi bahs olib bordi. Hamyurtimiz jangni toʼliq nazoratida oʼtkazdi va yakunda gʼalaba qozonib, finalga chiqdi. Musobaqada 1-3-oʼrinlarni qoʼlga kiritgan sportchilar Olimpiya oʼyinlari yoʼllanmasiga ega chiqishardi. Kamida kumush medalni naqd qilgan Nigora Tokio-2020 litsenziyasini ham qoʼlga kiritdi.Eslatib oʼtamiz, Nigora Tursunqulova oʼz faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya oʼyinlariga yoʼllanmani qoʼlga kiritmoqda. U 17 yoshida Rio-2016 Olimpiadasida ham ishtirok etgan.

Darvoqe, Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi mazkur litsenzion musobaqada kamida 2ta yoʼllanma qoʼlga kiritilishini vaʼda qilishgan edi va ular bu vazifani sharaf bilan uddalashdi. Ushbu Shu tariqa yosh taekvondochilar oʼzlarining chiroyli gʼalabalari bilan Yangi Oʼzbekiston nomini yanada ulugʼlashdi.Ushbu gʼalaba bilan 19 yoshli talabamiz Ulugʼbek Rashitovni va butun Oʼzbekiston xalqini tabriklaymiz! Yangi Oʼzbekiston, yangi gʼalabalar!

OʼzMU Аxborot xizmati