Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oʻzbekiston milliy universiteti xalqaro reyting uchun masʼul xodimlar QS reyting agentligining vakillari bilan onlayn uchrashuv


Bugun, Oʻzbekiston milliy universiteti xalqaro reyting uchun masʼul xodimlar QS reyting agentligining vakillari Dara Buxtiyarova , Alisa Vey va Nilli Kastano boshchiligida oʻtkazilgan seminarda ishtirok etdilar.

Seminar treningda Oʻzbekiston Milliy universitetining QS Osiyo universitetlari reytingi QS fan yoʻnalishlari hamda dunyo reytingi metodologiyasi talablariga bagʻishlandi. Reyting metodologiyasi boʻyicha universitetning kuchli va zaif tomonlari koʻrsatib oʻtildi. Mazkur seminar universitetning kelgusidagi natijalari past yoʻnalishlarda chuqurroq ishlashlari hamda reyting boʻlimi xodimlarining kasbiy malakasini oshishiga xizmat qildi..

Onlayn suhbatda reyting boʻlimi xodimlari tomonidan metodologiyaning baxolash mezonlari boʻyicha savollar berildi va mazkur QS reyting agentligi xodimlari tomonidan savollarga toʻliq javoblar va asoslar taqdim etildi.






Xalqaro aloqalar bo'limi