Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʼZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI VА ELSEVIER OʼRTАSIDАGI HАMKORLIKNI MUSTАHKАMLАSh YOʼLIDА

2021 yilning 16 avgust kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʼlimi tashabbusi bilan Elsevierning Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi mintaqaviy vakili va tahliliy yechimlar rahbari Kirill Ivanov bilan onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Ushbu uchrashuvda quyidagi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi:

  • Elsevier vositalaridan foydalanish imkoniyatlari koʼrib chiqildi (Scopus, SciVal, Digital Commons);
  • Scopus maʼlumotlar bazasiga universitetning “OʼzMU xabarlari” jurnalini kiritish;
  • Professor-oʼqituvchilar va xodimlar uchun onlayn seminar va vebinarlar oʼtkazish;
  • Universitet va Elsevier kompaniyasi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri aloqalar oʼrnatish.

OʼzMU Аxborot xizmati