Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Oʼzbekiston Milliy universitetining professor-oʼqituvchilar, pedagog-xodimlar va talabalariga!

Oʼzbekiston Milliy Universitetining professor-oʼqituvchilari, oʼquv-yordamchi va ishchi xodimlari Talabalar shaharchasi, 32-oilaviy poliklinikada koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanmoqda. Hurmatli professor-oʼqituvchilar, oʼquv-yordamchi hodimlar va talabalar, 2021/2022 oʼquv yilida anʼanaviy dars mashgʼulotlarida bevosita ishtirok etishingiz uchun koronavirusga qarshi vaktsina olishingiz zarurligi toʼgʼrisida ogohlantiramiz!

Maʼlumot uchun: Emlash jarayonlari ertaga xam soat 8:30 dan 14:00 ga qadar davom etadi. (vaktsina turi-Moderna)
OʼzMU Аxborot xizmati