Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

OʼzMU delegatsiyasi Brandenburg yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni qoʼllab-quvvatlash institutida

Bugun, 13 noyabr kuni OʼzMU delegatsiyasi Germaniyaning Strausberg shahrida joylashgan
Brandenburg yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni qoʼllab-quvvatlash instituti,
MITI’ga tashrif buyurib mazkur institut Kengash raisi professor Edgar Kloze va professor, OʼzMU, kimyo fakulteti bitiruvchisi Tatyana Karasaeva bilan uchrashdi.

Ma’lumki, mazkur tadqiqot oliygohi bilan 2023 yilda hamkorlik oʼrnatilgan edi.

Uchrashuv davomida institutning xalqaro loyihalari, ixtirolari va ilmiy laboratoriyasi bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur uchrashuvda xalqaro ilmiy tadqiqotlarni yoʼlga qoʼyish va mazkur yili hamkorlikda Germaniya taьlim vazirligiga topshirilgan loyiha boʼyicha fikr yuritildi.

Ma’lumot oʼrnida mazkur ilmiy loyiha Barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan boʼlib loyiha Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, professor Edgar Kloze koʼplab xalqaro patentlar muallifi ekanligi va uning xalqaro ilmiy tajribasidan foydalanib universitet olimlari ixtirolariga xalqaro patent olish boʼyicha ham kelishuvlar olib borildi.

Uchrashuv soʼngida olim bilan xalqaro patent agentligiga hujjatlar tayyorlashga koʼmaklashishga kelishib olindi. Bunday hamkorlik uchrashuvlari esa kelgusida universitetning ilmiy sohadagi aloqalarini kengaytirishga, xususan, xalqaro ilmiy loyiha, xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik va xalqaro patent koʼrsatkichlarini oshirishga olib kelishi muqarrar.