Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oliy sud rahbariyati vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Bugun, 1-noyabr kuni Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov va Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Muxitdinov O'zbekiston Milliy universitetida bo‘lib, bo‘lajak huquqshunos talabalar bilan muloqot qildi.

Unda so'nggi yillarda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, Oliy sud tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berib o'tildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda professor-o'qituvchilar hamda talabalar bilan o'zaro fikr almashildi.