O‘zbekiston Milliy universitetida Jurnalistika va o’zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Olmazor tumani prokurori Ahror Axunov, Olmazor tumani IIB FMB boshlig‘i Ibrohim Xasanov, shuningdek Olmazor tumani Soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Shuhratovich ishtirok etdilar.

⏺Tadbir davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, soliq madaniyatini shakllantirish hamda davlat organlari bilan ochiq va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
⏺Mutasaddilar tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi yangiliklar va amaliy tavsiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.