Oqimli shifrlash algoritmini tadqiq qilish va ishlab chiqish.

Ilmiy rahbari: Jurayev Gayrat Umarovich.

Bajarilish muddati: 04.01.2021-31.12.2023.

Loyiha shifri: Uzb-Ind-2021-98.

Loyiha turi: xalqaro (qo’shma).

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: loyihani amalga oshirish jarayonida mavjud oqimli shifrlash algoritmlarini tadqiq qilish natijasida O’zbekiston Respublikasida birinchi marta oqimli shifrlash algoritmi yaratiladi.

Ishlab chiqiladigan oqimli shifrlash algoritmida blokli shifrlardan farqli o’laroq belgilar bo’yicha shifrlash kriptotizim ishini kechiktirmaydi. Aksincha, shifrlashni yuqori tezlikda, kiruvchi axborotni kirish tezligida amalga oshishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida aloqa tarmoqlarida ma’lumotlar trafigi hajmining o’sishi sharoitida axborot va ma’lumotlar oqimi hajmi qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar shifrlashni real vaqtda amalga oshirishga xizmat qiladi.

Yaratiladigan oqimli shifrlash algoritmini amaliyotga joriy qilishning quyidagi asosiy yo’nalishlari mavjiud:

  • kiruvchi ma’lumotlar oqimining tezligi bir necha Gb/s dan ortiq bo’lgan o’ta yuqori tezlikda turli vedio va audio ma’lumotlarni shifrlash;
  • kriptografik himoyalashning apparat-dasturiy vositalari parametrlari (xotita hajmi, sarf qiladigan quvvati) bo’yicha cheklovlarga ega tizimlar (portativ va mobil qurilmalar hamda maxsus apparaturalar);
  • faqatgina oqimli usullar bilan amalga oshiriladigan oqimli raqamli imzo, real vaqt rejimida axborotni butunligini tekshirish.

 amaldagi kriptotahlil usullariga nisbatan bardoshli bo’lgan,

Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo’lga kiritilgan muhim natijalar (o’tgan 1,5 yil davomida):

Oqimli shifrlash algoritmlarining strukturasi juda oddiy, blokli shifrlash algoritmlari bilan solishtirganda kam sondagi elementlardan tashkil topishi aniqlandi. Kalit vazifasini bajaruvchi, davr uzunligi katta bo’lgan bitlar ketma-ketligini generasiya qiluvchi modul oqimli shifrlarning asosiy elementi sifatida xizmat qiladi.

Oqimli shifrlash algoritmlarining turli kriptotahlil usullariga nisbatan bardoshligini oshirish uchun bir necha siljitish registrlari qo’llanilishi va registrlar hamda algoritmni boshqa elementlarining ichki holati qiymatlarini aralashtirish bo’yicha maxsus amallar joriy etilishi ko’rsatilgan.

Chiziqli siljitish registrlari juda katta tezlik va kam quvvat sarfiga ega ekanligi hamda davr uzunligi katta bo’lgan bitlar ketma-ketligini generasiya qiluvchi eng ko’p  ommalashgan va yaxshi tadqiq qlingan registrlar ekanligi aniqlangan.

Maksimal davr uzunligi 2^n – 1 bo’lgan chiziqli siljitish registrlaridan farqli o’laroq, to’liq siklli siljitish registrlari davr uzunligi 2^n ekanligi aniqlandi. Ammo, to’liq siklli siljitish registrlarini hosil qlish ochiq muammo bo’lib qolmoqda.

Chiziqsiz siljitish registrlari zaif kalitlarni chetlab o’tish imkonini berishi va boshqa siljitish registrlari bilan birgalikda haqiqatan ham uzun davrli psevdotasodifiy ketma-ketliklarni yaratishi mumkinligi aniqlandi.

 Shifrlashning yuqori bardoshligini ta’minlash uchun katta davrga ega bo’lgan, takrorlanmaydigan kalitlar ketma-ketliklarini generasiya qilish zarurligi aniqlandi.

Yildan yilga ommaviylashib borayotgan SPONGE strukturasiga asoslangan, yangi oqimli shifrlash algoritmini tarkibini aniqlash va uni ishlab chiqish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu oqimli shifrlash algoritmida amalga oshiriluvchi asosiy kriptografik amal hamda akslantirishlarni tanlash asoslanmoqda.

Patent:

Loyiha doirasida chop etilgan WoS va Scopus bazasidagi xalqaro ilmiy ishlar:

  1. T. Abdullaev, and G. Juraev. Selection of the Optimal Type of the Gamming Function for Symmetric Encryption Algorithms. AIP Conf. Proc. 2365, P.040004-1–040004-13. https://doi.org/10.1063/5.005684. Published Online: 16 July 2021.
  2. T. Abdullaev, and G. Juraev. Development of a Method for Generating Substitution Tables for Binary and Ternary Number Systems. AIP Conf. Proc. 2365,
    P. 040003-1–040003-11. https://doi.org/10.1063/5.0056841. 16 July 2021.
  3. T. Abdullaev, and G. Juraev. Application three-valued logic in symmetric block encryption algorithms. Journal of Physics: Conference Series 2131 (2021) 022082 doi:10.1088/1742-6596/2131/2/02208.
  4. A. Ikramov and G. Juraev. The Complexity of Testing Cryptographic Devices on Input Faults. Network and System Security 2021, Lecture Notes in Computer Science 13041, P. 202–209.
  5. A. Kabulov, I. Saymanov, I. Yarashov, F. Muxammadiev. Algorithmic method of security of the Internet of Things based on steganographic coding. IEMTRONICS 2021 (International IOT, Electronics and Mechatronics Conference).