Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Organik kimyo kafedrasi

Xoliqov Tursunali  Suyunovich-Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

 +998 99 890-72-44

tursunali72@mail.ru


Kafedra tashkil etilgan sana: 1921 yil.

Kafedra mudirlari. prof. Naumov S.N. (1921-1930), O‘zRFA akademigi Sukervanik I.P. (1931-1967), prof. Abdurasuleva A.R. (1967-1984), prof. Yuldashev X.Y. (1984-1992), professor Ahmedov Q.N. (1993-2008), dots. Tojimuhamedov H.S. (2009-2012), k.f.n.dots. Axmedov O‘.Ch. (2013-2014), k.f.d.Xoliqov T.S. (2015-hozirgi kungacha).


O‘quv-uslubiy ishlar. Kafedrada “Organik kimyo” bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha “Organik kimyo”, “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi”, Organik reaksiyalarning mexanizmlari,Kimyo (Organik kimyo), Tabiiy va sintetik buyoqlar kimyosi, Organik kimyoda zamonaviy usullar, Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi, Geterosiklik birikmalar kimyosi  kabi umumiy kurslardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

 Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan: X.M.Shoxidoyatov, H.O‘.Xo‘janiyozov, H.S.Tojimuhamedov Organik kimyo darsligi, A.G.Azimov, H.S.Tojimuhamedov, O‘.Ch. Ahmedov Neft kimyosi asoslari., Ahmedov Q.N., Yuldasheva M.R., “Organik kimyo usullari”-2-qism, Q.N.Axmedov, X.Y.Yo‘ldoshev, O‘.Ch.Axmedov “Organik kimyo usullari”-1-qism o‘quv qo‘llanmalar H.O’.Xo’janiyozov, T.Jumaqulov, J.E.Turdibayev, H.S.Tojimuhamedov “Organik kimyo” darslik va qator uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan.


Ilmiy-tadqiqot ishlari quyida yo‘nalishlarda olib borildi:

2020-2021–yillarda bajarilgan ilmiy ishlar avvalgi yillarda olib borilgan ilmiy ishlarning uzviy davomi bo‘lib “Aromatik va geterotsiklik qatorda elektrofil va nukleofil almashinish reaksiyalari” mavzusi bo‘yicha bajarilgan ishlardir. Bu umumiy mavzu bo‘yicha fenollarni alkillash, atsillash va nitrozolash, dibenzo-18-kraun-6 ni atsillash, nitrolash hamda diazotirlash, mono- va dikarbon kislota efirlarini olish, aromatik va geterotsiklik aminobirikmalarni atsillash, aromatik uglevodorodlar, fenollar efirlarini amidoalkillash mavzularida tadqiqotlar olib borildi. Kafedrada har yili 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop etiladi. Oxirgi yillarda 4 ta patent olindi va 10 ga yaqin ishlanmalar amaliyotga joriy etildi (Navoiiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, “Navoiiyazot” AJ, Farg‘ona NQIZ).


Himoyalar. Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Yuldasheva M.R. (2017) PhD dissertatsiyalari himoyalari: Sapaev F.A,Azimova G.A.(2020),Xurramov E.N, Yusufov N.S (2021). Kafedrada “Yosh organik” to‘garagi va “Organik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda.


Kafedrada o’qitiladigan fanlar

T/rFan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Organik kimyo ( Bakalavr)Organik kimyo- organik kimyo fani haqida umumiy tushunchalar, alkanlar,alkenlar,alkadienlar,spirtlar…… kabi mavzularni chuqurlashtirilgan holda talabalarga o’rgatiladi.
2Organik reaksiya mexanizmlari ( Bakalavr)Organik reaksiya mexanizmlari-organik moddalarning hosil bo’lish sharoiti va mexanizmini o’rgatadi.  
3Tabiiy va sintetik bo’yoqlar  ( Bakalavr)Kimyoviy bo’yoqlar bo’yicha umumiy tushunchalar,tabiiy anorganik va organik bo’yoqlar kabi ma’lumotlarni beradi.
4Geterosiklik birikmalar kimyosi(Magistratura)Geterosiklik birikmalarning nomlanishi,olinishi,fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilishi kabi ma’lumotlarni o’rgatadi.
5Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi (Magistratura)Xromatografiya haqida umumiy tushunchalar,uning turlari va xromatografiyada ishlash qoidalari……. kabi m’lumotlarni beradi.

 Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to’g’risida

T/rTadqiqotchi professor o’qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi va unvoniDissertatsiya ishi mavzusi
1Sapaev Frunza AdomboevichPhDp-Holatida o’rinbosarlari bo’lgan benzoy kislota natriyli tuzlarining xlorsirka kislota hosilalari bilan reaksiyalari
2Yusufov Muhriddin Saidovich  PhDAminofenol izomerlarini xloratsillash va olingan mahsulotlar asosida sintezlar
3Xurrramov Elyor NarzullaevichPhDAlmashingan anilinlarning glikol,diglikol va salitsil kislotalar bilan reaksiyalarini o’rganish
    

 Mahalliy va xorijiy  hamkorlik aloqalari:

  • O‘zRFA O’simlik moddalar kimyosi instituti,
  • O‘zRFA Biorganik kimyo instituti ,
  • Sho’rtan-gaz kimyo majmuasi,
  • Xitoy fanlari akademiyasi,
  • Yaponiyaning Kyushi univesiteti, Professor Kohei Torekai
  • Qozog’iston Milliy Meditsina universiteti,PhD Begimova Gulzeynep Urisbaevna

Kafedra tarkibi

T/rFamiliyasi ismi sharifiElektron pochta
1Abdushukurov Anvar Kabirovichabdushukurov-ximik@mail.ru  
2Tojimuhamedov Habibulla Sayfullaevichhabibulla@mail.ru
3Xoliqov Tursunali  Suyunovich  e-mail:tursunali72@mail.ru  
4Yuldasheva Muhabbat Razzoqberdievnaymuxabbat@bk.ru
5Azimova Gulmira Zayniddinovnaazimovagulmira84@mail.ru  
6Yusufov Muhriddin Saidovich yusufov_ms@mail.ru
7Xurrramov Elyor Narzullaevichelyor_xn@mail.ru
8Ochilov Shohzod Ergash o’gliShohzodochilov9699@gmail.com
9Sapaev Frunza AdomboevichSFXIMIK@gmail.ru
10Islomova Yulduz UralovnaIslomovayulduz@gmail.com
   

To’garaklar

Organik kimyo fanidan 2-3 kurs talabalariga to’garak mashg’ulotlar olib borilmoqda.