Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

OZАRBАYJON DELEGАTSIYASINING OʼZMUGА TАSHRIFI

«Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy bogʼliqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzuida yuqori darajadagi Xalqaro konferentsiyada ishtirok etish uchun Oʼzbekistonga tashrif buyurgan Ozarbayjon delegatsiyasi joriy yilning 15 iyulь kuni Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Mazkur uchrashuvda «Topchubashov Center» tahliliy markazi direktori Risuf Guseynov va Ilьgar Velezade, Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Xikmat Saburov, Xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʼlimi boshligʼi Gʼolibjon Yoziev, Xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlimi boshligʼi Аziza Turakulovalar ishtirok etdilar.
Dastlab uchrashuvda universitetning faoliyatiga bagʼishlangan videorolik taqdim etildi, shuningdek, oʼquv, ilmiy va xalqaro faoliyati boʼyicha mehmonlarga axborot berildi.
Uchrashuv davomida Risuf Guseynov oʼzining rahbarligidagi tahliliy markaz faoliyati bilan tanishtirib hamkorlikda amalga oshirish mumkin boʼlgan loyihalar xususida toʼxtalib oʼtdi.
Uchrashuv yakunida mehmonlarni universitet axborot resurs markazi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida kichik ekskursiya tashkil etildi.

OʼzMU Аxborot xizmati