2024 yil otaxon dargoh – O‘zbekiston Milliy universiteti uchun muvaffaqiyatli yil bo‘ldi.
Ko‘p ming sonli jamoa turli yo‘nalishlar bo‘yicha qator muvaffaqiyatli natijalarni qo‘lga kiritdi.
2024/2025 o‘quv yilida 4 ta yangi bakalavriatyo‘nalishlari, 2 ta magistraturamutaxassisliklari ochildi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga jami 6650 nafar, magistratura mutaxassisliklari esa jami 972 nafar talabgor o‘qishga qabul qilindi. Bugungi kunda 34 mingdan ortiq talaba universitetda tahsil olmoqda.
O‘zbekiston Milliy universiteti 2024 yildabir necha xalqaro reytinglarda o‘z natijalarini yaxshilab, yuqori darajali universitetlar ro‘yxatiga kirdi.
Dorilfununning nufuzli dunyo universitetlari reytingida 781-790-o‘rinlarni egallab, TOP-1000 universitetlar qatoridan joy olishi, shubhasiz eng quvonchli yangilik bo‘ldi.
2024 yilda universitetda 140 nafardan ortiqfalsafa doktori (PhD) hamda 35 nafar fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun himoya o‘tkazildi. Scopus bazasida universitet profili bo‘yicha chop etilgan ilmiy maqolalarsoni 700 tadan oshdi.
Umumiy qiymati 21 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 44 ta loyiha, jumladan, 20 ta fundamental, 19 taamaliy, 4 ta innovasion hamda 1 ta noyob ob’yekt loyihalari bajarilmoqda.
Universitetning iqtidorli yoshlari, ilm-fan, madaniyat va sport yo‘nalishlaridagi turli olimpiadalar, tanlov va musobaqalarda muvaffaqiyatli natijalarni qo‘lga kiritdi.
Iqtidorli talabalarning 210 nafari xalqaro va respublika fan olimpiadalarida qatnashdi. Ulardan 71 nafari g‘olib va sovrindor bo‘lib, 17 ta oltin, 29 ta kumush, 25 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, mazkur o‘quv yilida 24 nafar talaba, Prezident hamda nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi.
Universitetda amalga oshirilgan ishlar, xodimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar faoliyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda samarali yoritildi.
Jumladan, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda jami 600 ga yaqin, shundan televideniyeda 300 dan ortiq, radio va bosma OAVda 100 ga yaqin,ijtimoiy tarmoqlarda 200 dan ortiq chiqishlar tashkil qilindi.
Katta jamoaning yangi yilda ko‘zlagan marralari ulkan, maqsadlari aniq.
Yetakchi universitet ta’lim jozibadorligini oshirish, sifatli ta’limni yaratish, xalqaro miqyosida raqobatbardoshlikni ta’minlash, talabalarning bilim olishi, salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyat yaratish yo‘lida dadil odimlaydi.
O‘zbekiston Milliy universiteti.
Zo‘rni zo‘r demay iloj yo‘q!
O’zMU Axborot xizmati