Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi 8–9 dekabr kunlari Parij “Sorbonne Nord” universitetiga tashrif buyurdi.

🔴 O‘zMU delegatsiyasini xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezident Sylvie Barrière, ilmiy ishlar bo‘yicha vitse-prezident Sophie Gindt, shuningdek xalqaro ishlar bo‘yicha direktor hamda bo‘lim boshliqlari kutib oldilar.

🔴 Muloqot davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan:
✅ fransuz tili–lingvistika yo‘nalishida magistratura dasturini ochish,
✅ yozgi maktab tashkil etish,
✅ talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish,
✅ hamda xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish yuzasidan ikki tomonlama kelishuvga erishildi.

🔴 Ushbu tashabbuslar joriy yil Parijda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Fransiya ta’lim forumida ilk bor kelishilgan edi. Mazkur tashrif ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.