Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI DELEGATSIYASI TOMONIDAN «O‘ZBEKISTONNING BEBAHO MEROSI” MAVZUIDA TADBIR O‘TKAZDI



Bugun, 15 noyabrda O‘zbekiston milliy universiteti Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasi bilan  hamkorlikda 2025 yili YUNЕSKO Bosh konferensiyasining  43-sessiyasiga bag‘ishlangan «O‘zbekistonning bebaho merosi» mavzuida xalqaro tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda nemis ekspertlari, Germaniyada tahsil olayotgan vatandosh- yoshlar, madaniyat xodimlari, hunarmandlar, O‘zMUning iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov ochib berdi. Shuningdek, tadbirda xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova 2025 yili YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi va O‘zbekistonda gastronomik turizm salohiyati to‘g‘risida va Akbar Bababekov O‘zbekistonning YUNЕSKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kirgan obektlar mavzuida taqdimot qildilar.

Tadbir doirasida kulolchilik, kashtachilik, rassomchilik va milliy shirinliklar kompozitsiyasi hamda master klasslar tashkil qilindi.

Tadbirning madaniy qismida O‘zbek filormoniyasi xonandasi Asliddin Do‘stov boshchiligidagi sanatkorlar guruhi tomonidan Yunesko butunjahon nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kirgan kuy va qo‘shiqlarni ijro etdmlar.

Tadbir nemis ekspertlari va vatandoshlar olqishlari ostida ko‘tarinki ruhda o‘tdi.


Xalqaro aloqalar bo`limi