Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida “Yer haqidagi fanlarning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi

Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi — geologiya va yer haqidagi fanlarning zamonaviy muammolarini o‘rganish, ilmiy tajriba almashish, yosh olimlar va mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi olimlari bilan bir qatorda, Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar ham o‘z maqolalari va ilmiy ishlanmalarini taqdim etdilar. Ularning ma’ruzalari geologik tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari, muhandislik geologiyasi, yer resurslarini muhofaza qilish va ularni samarali boshqarish kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlandi.

Konferensiya doirasida ishtirokchilar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etib, mavzu yuzasidan qizg‘in muhokamalar olib bordilar. Tadbir ilmiy almashinuv va professional tajriba orttirish uchun muhim maydonga aylandi.

Konferensiya yakunida faol qatnashgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalarga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday tadbirlar geologiya sohasi mutaxassislarining ilmiy salohiyatini oshirish, yoshlarni tadqiqot ishlariga jalb qilish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

O‘zMU Axborot xizmati