Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti (QS Subject Rankings – 2025) fan sohalari reytingida yuqori natijani qo‘lga kiritdi

Bugun, 12-mart kuni Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2025-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 3 ta fan yo‘nalishlari bo‘yicha eng kuchli universitetlar qatoridan joy oldi:

  • “Matematika” yo‘nalishida – 401-450-o‘rin (o‘tkan yilgi natijaga nisbatan 50 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi);
  • “Zamonaviy tillar” yo‘nalishida – 301-350-o‘rin;
  • “Fizika va astronomiya” yo‘nalishida – 601-675-o‘rinlarni egalladi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti 2025-yilda bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshiladi. Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zMUda qator yo‘nalishlarda avvalgi yillarga nisbatan quyidagicha o‘sish holati kuzatilgan:

  • Ta’lim (Education) – 50 ball (10,8 ball o‘sish);
  • Neft mashinasozligi (Petroleum Engineering) – 46,4 ball (6,7 ball o‘sish);
  • Biznes va menejment tadqiqotlari (Business & Management Studies) – 42,7 ball (3,3 ball o‘sish);
  • Informatika va axborot tizimlari (Computer Science & Information Systems) – 38,8 ball (2,8 ball o‘sish).

Ma’lumot uchun, bu yil QS tomonidan 5 200 ta oliy ta’lim muassasasi tahlil qilindi va 1 747 universitet reytingdan o‘rin oldi, bu esa xalqaro miqyosdagi raqobatning yanada kuchayganini anglatadi.

Ushbu natijalar O‘zbekiston Milliy universitetida ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorliklar ko‘lami va ta’lim sifatining oshib borayotganini tasdiqlaydi.

 

O‘zMU Axborot xizmati