Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabasi Diyora Mirzayeva erkin kurash sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo’ldi.

Sportchi talabamiz 2024-yilda bo’lib o’tadigan nufuzli xalqaro musobaqalar, shu jumladan, Parij Olimpiadasi litzensiyasi uchun kechadigan turnirlarda ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Diyora Mirzayevani chempionlik bilan tabriklab, ustoz va murabbiylariga minnatdorchilik bildiramiz. Xalqaro musobaqalarda O’zbekiston sharafini munosib himoya qilib jahon chempioni bo‘lishiga tilakdoshmiz.