25-aprel kuni Samarqand davlat universitetida “O‘zbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ikki mamlakat elchixonalari hamda yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekistondan 17 ta va Italiyadan 7 ta universitet rektor va prorektorlari qatnashdi. O‘zbekiston va Italiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qator muhim hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inom Madjidov mazkur tadbirda O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida Milano Bikokko, Ka Foskari, Tyushi kabi universitetlar bilan hamkorlik shartnomalari mavjudligi va bugungi kunda Italiya universitelari bilan bir qator samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilganligi borasida ma’ruza qildi.
Xususan, 2025-2026 o‘quv yilida Tyushi universiteti bilan “Arxeologiya” yo‘nalishida qo‘shma diplom dasturi;
Ka Foskari va Milano Bikokko universiteti bilan hamkorlikda joriy yilining 23-27 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan “GEM va Buyuk Ipak yo‘li 2025” xalqaro yoshlar yozgi maktabi;
Milano Bikokko va Ka Foskari universitetlari bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda energiya va suv ta’minotini masofadan turib boshqarish” (Uzbekistan Remote Water and Access to Energy) mavzusidagi amaliy loyiha;
“O‘zbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzuidagi xalqaro davra suhbatida 2026-2027 o‘quv yilida Ka Foskari universiteti bilan “Amaliy Kimyo” yo‘nalishida qo‘shma diplom dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar olib borildi.
Xalqaro aloqalar bo’limi