2026-yil 25-mart kuni Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan “QS World University Rankings by Subject 2026” natijalari O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan yo‘nalishlarida sezilarli yuksalishga erishganini yana bir bor tasdiqladi.

Natijalarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qator fan yo‘nalishlari bo‘yicha jahonning eng kuchli universitetlari safidan munosib o‘rin egalladi. Eng muhimi bu natijalar barqaror o‘sish va yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishni namoyon etadi:
TOP-300. Arxeologiya yo‘nalishi ilk bor reytingga kirib, 201–260-o‘rinda qayd etildi.
TOP-350. Matematika bo‘yicha 100 pog‘onaga yuqorilab, 301–350-qatorda o‘z o‘rnini mustahkamladi.
TOP-350. Lingvistika yo‘nalishi ilk bor reytingda 301–350-o‘rinni egalladi.
TOP-500. Fizika va astronomiya yo‘nalishi 200 pog‘ona yuqorilab, TOP-500 ichida barqaror pozisiyani egalladi (401–450).
Bu natijalar O‘zbekiston Milliy universitetining nafaqat mamlakat miqyosida yetakchi ekanini, balki jahon akademik maydonida ham o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab, kuchli va tan olinayotgan universitetga aylanayotganini aniq ko‘rsatadi.