Mazkur tashabbus universitetda tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashishiga ko‘maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada rivojlantirish, 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilarini ish joylariga samarali taqsimlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Unda yurtimizdagi yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniya vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Mehnat yarmarkasiga universitetning barcha talabalarini hamda O‘zMU bitiruvchilariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan korxona va tashkilot vakillarini taklif etamiz.
️ Sana & vaqti: 18-aprel, soat 10.00dan 16.00 ga qadar
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: O‘zbekiston Milliy universitetining bosh maydoni