Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetida “Kompyuter lingvistikasining zamonaviy texnologiyalari – CTCL.2025” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan “Kompyuter lingvistikasining zamonaviy texnologiyalari – CTCL.2025” nomli xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Mazkur anjumanda dunyoning turli davlatlaridan — Polsha, Hindiston, AQSH, Qozog‘iston, Eron, Turkiya, Tatariston kabi mamlakatlardan, shuningdek, yurtimizning yetakchi universitetlaridan olimlar, tadqiqotchilar va magistrantlar ishtirok etdilar.

Konferensiyada kompyuter lingvistikasi sohasiga oid dolzarb mavzular 6 ta sho‘ba doirasida keng muhokama qilindi. Har bir sho‘bada ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalarning lingvistik tadqiqotlarga ta’siri, sun’iy intellekt va til texnologiyalarining integratsiyasi, tilni avtomatik tahlil qilish va tarjima tizimlarining rivoji kabi yo‘nalishlarda o‘z ilmiy ishlanmalarini taqdim etdilar.

Tadbir davomida ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Mazkur konferensiya zamonaviy kompyuter lingvistikasi sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlar va mutaxassislar uchun noyob tajriba maydoni bo‘lib xizmat qildi.

O‘zMU Axborot xizmati