Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetida navbatdagi Universitet Kengashi bo‘lib o‘tdi

Kun tartibiga ko‘ra, O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yildagi faoliyati va 2024-yil uchun rejalashtirilgan ilmiy ishlar bo‘yicha institut direktori, professor Sharifa Utamuradovaning hisoboti eshitildi.

Sh.Utamuradova institutda mavjud ilmiy laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijalari bo’yicha ma’lumotlar berdi.

Hisobot natijalariga ko’ra, institutning 2023-yildagi ilmiy faoliyati ijobiy deb baholandi.