Ijtimoiy fanlar fakultetida “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!” shiori ostida bayram sayli tashkil etildi. Unda fakultet jamoasi, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Sayl doirasida milliy taomlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tasviriy san’at namunalari ko‘zgazmasi, shaxmat-shashka, stol tennis musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, Navro‘z ayyomining ramzi – sumalak tayyorlandi.
Universitet rahbariyati, soha prorektoralari ham saylga tashrif buyurib, talabalarning sa’y-harakatlarini baholashdi, yig‘ilganlarni bahor bayramlari bilan qutlashdi.