O‘zbekiston Milliy universitetida Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i 3-sektor rahbari Mahkam Vafoyev, universitet profilaktika katta inspektori Alisher Abdulhaqov hamda boshqa tegishli mas’ullar ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda asosiy eʼtibor bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish mavzulariga qaratildi.