
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 107 yilligi munosabati bilan “Temuriylar davri renessansi: ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.


Konferensiyani kirish so‘zi bilan universitet rahbariyati ochib berdi. Unda soha olimlari, turli oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyatning yuksalishi, Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi, uning tarixiy shaxsi hamda bugungi kunda yoshlarga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri, shuningdek, temuriylar davrining Yevropa renessansi bilan o‘zaro aloqalari kabi mavzular muhokama qilindi.


Mazkur konferensiya ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, tarixiy merosni chuqur o‘rganish va uni zamonaviy tafakkur asosida talqin etishga xizmat qildi. Tadbir natijasida ilmiy izlanuvchilarning yangi g‘oyalari ilgari surilib, tarixiy-madaniy izlanishlarga bo‘lgan qiziqish kuchaydi.


Konferensiya yosh tadqiqotchilarni rag‘batlantirish, tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va keng ommaga yetkazishda muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qildi.
O‘zMU Axborot xizmati