Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ngirotboy Sharipov O‘zbekiston Milliy universitetining yillik faoliyati bo‘yicha tayyorlangan taqdimoti bilan tanishdi.

OʻzMU rektori Inom Madjidov universitetning 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari, erishilgan asosiy natijalar, shuningdek, 2026-yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va istiqbolli rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muhokama chog‘ida kelgusi o‘quv yilida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, raqamli o‘zgarishlarni jadallashtirish, o‘qituvchilar kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatiga qaratilgan yangi mexanizmlarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish, fan–ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish hamda innovasion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

2026-yilda talabalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qo‘shma dasturlarni kuchaytirish, universitetga investisiya kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va zamonaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

O‘zMU Axborot xizmati