
Bugun, 31 may kuni, O‘zbekiston Milliy universitetiga Ozarbayjon texnika universiteti rektori Vilayat Valiev, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Fariz Mammadov va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Orxon Vatankhah tashrif buyurdi.
Mehmonlarni O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Muhammadiev Jabbor, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, fizika fakulteti dekani Eshonqulov G‘ofurjon, ta’lim infratuzilmasini transformatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i Narziev Nodir va xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ohundadayev Ulug‘bek kutib oldi.
Ma’lumki, 2024 yilda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Bugungi uchrashuvda muhandislik matematikasi, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Ozarbayjon texnika universiteti o‘rtasida magistratura va doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida talabalar va professor-o‘qituvchilarni akademik mobillik dasturlari doirasida Ozarbayjon texnika universitetiga yuborish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro aloqalar bo’limi