Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Boshqaruvining navbatdagi yig’ilishi


O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Boshqaruvining navbatdagi yig’ilishi 2024 yil 14 iyun kuni O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Boshqaruvining Shanxay Hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiya markazi O’rtasida Hamkorlik Memorandumi tuzish bo’yicha navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida uyushma raisi Rahbarxon Murtazayeva "Olima" uyushmasi tomonidan tashkil etilgan va bo'lajak tadbirlar haqida qisqacha ma'lumot berdi. Kun tartibida, shuningdek, Uyuhsma Ustavini muhokamasi ham bo’lib o’tdi, unda Uyushma a'zolari o'z fikrlari va takliflarini bildirdilar. Bundan tashqari, dekabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan yosh ayollar uchun "ilmiy Yulduzlar - 2024" intellektual tanlovini tashki etish bo’yicha ham kelishib olindi.

Uchrashuvda O'zbekiston Milliy universitetining xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori va assotsiatsiya raisi Raima Shirinova ishtirok etdi. Professor Shirinova oliy o'quv yurtlarining global reytingini oshirishda “Olima” uyushmasining o’rni haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.Ushbu uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O'zbekistonda xotin-qizlarning intellektual o'sishini qo'llab-quvvatlash yo'lidagi samarali qadam bo'ldi.







Xalqaro aloqalar bo'limi