Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“O‘zbekiston yosh filologiyasi – 2025” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Bugun, 1-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti Rus adabiyotshunosligi kafedrasi mas’ulligida mamlakatimiz va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlari hamda yosh olimlar ishtirokida «O‘zbekiston yosh filologiyasi – 2025» yillik respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sergey Yesenin yubileyiga bag‘ishlangan anjumanda mumtoz va zamonaviy adabiyotga oid masalalar, tilshunoslik va filologiya fanlarini o‘qitish metodikasi muammolari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, anjuman doirasida har yili o‘tkaziladigan «Anor» ijodiy tanlovi yakunlari sarhisob qilindi. Quyidagi nominatsiyalar: «Lirika,» «Nasr,» «Tarjima,» «Esseistika» bo‘yicha g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.