Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU delegatsiyasi Berlin texnika universitetida Erasmus+ SPACECOM loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirok etdi

2023-yilning 21-25-avgust kunlari “SPACECOM: New study program in space systems and communications engineering” loyihasi doirasida Germaniyadagi Berlin texnika universitetida (Technische Universität Berlin) loyihaning muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi hamda maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, fizika-matematika fanlari doktori, professor Yoqub Ergashov boshchiligida O‘zMU delegatsiyasi, jumladan, “Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi mudiri A.Nasirov, kafedra dotsenti P.Parchinskiy hamda “Fotonika” kafedrasi dotsenti R.Vildanovlar ishtirok etdi.