Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU delegatsiyasi Germaniyaning Fraye universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi Germaniyaning nufuzli universitetlaridan biri Fraye universitetida (Freie Universität Berlin) bo‘ldi.

Universitetimiz vakillari bilan Fraye universiteti vitse-prezidenti Dr.Verena Blexinger-Talkot, xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor Dr.Gerbert Grishop hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Bertram Velkerlar o‘zaro muloqot qildi.

Uchrashuvda Erasmus dasturi doirasida xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish borasida fikr almashildi. Shuningdek, 2025-yilda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot o‘rnida, Fraye universiteti bilan Erasmus dasturi doirasida O‘zMUning Iqtisodiyot fakulteti faol hamkorlik qilib keladi.

O‘zMU Axborot xizmati