Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU hamda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi o‘rtasida memorandum imzolandi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Sirojiddin Abdullayev hamda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi direktori Azamat Davlatyorov O‘zMUda bo‘lib, rektor Inom Madjidov bilan uchrashishdi.

Tomonlar ijtimoiy ish yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, o‘quv rejalari va malaka talablarini chet el tajribasini qo‘llagan holda yangilab borish, talabalar amaliyotini tashkil qilish, fundamental, amaliy va innovasion loyihalar ishlab chiqish, ilmiy va ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish, yangi o‘quv adabiyotlari, darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash va nashr qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.

O’zMU Axborot xizmati