Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytinggida Top-150 talikda.


Kuni kecha Shvetsariyaning Stokgolm shahrida Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingining (WURI - The World University Rankings for Innovation) 2024-yilgi ro‘yxati e’lon qilindi.

Dastavval, ushbu reytingda O'zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarigina ishtirok etishgan bo'lsa, bu yil O'zbekistondan hujjat topshirgan oliygohlar safi kengayib, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetlari ham o'z loyihalarini taqdim etishdi.

Ma'lumki, O'zbekiston Milliy universiteti ushbu reytingda 3 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va bu yilgi natijalarga ko'ra universitet so'nggi uch yillik natijalarini yangiladi, ya'ni 73 pog'ona yuqorilab Top 150 universitetlar qatoridan joy oldi. (127-o'rin) .

E’tiborlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti bir necha yo'nalishlarda dunyoning eng ilg'or, nufuzli universitetlari Yale , Garvard universiteti, MIT lar bilan bir qatorda Top-30, 50 oliygohlar ro'yxatiga kiritildi. Xususan, "Inqirozni boshqarish" yo'nalishi bo'yicha Top-30 oliygohlar (30-o'rin) hamda "Talabalarni qo'llab-quvvatlashga jalb qilish" loyihalari bo'yicha (38-o'rin), " Sanoat inqilobi" (31-o'rin) loyihalari bo'yicha esa Top-50 universitetlar qatoriga kirdi.

O'zMU xalqaro reytinglarda o'z pozitsiyasini ko'tarishda davom etadi.






XALQARO ALOQALAR BO'LIMI