Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘ZMU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI QOZOG‘ISTON UNIVERSITETLARIDA BO‘LDI

O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasi Olmota shahridagi Xalqaro ta’lim korporatsiyasi va Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetilarida bo‘lishdi.

Xalqaro ta’lim korporatsiyasi rektori Imandosova Margarita Bulatovna, Qurilish texnologiyalari, infratuzilma va menejment fakulteti dekani prof. Makashev Ernar Baxitjanovich, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti Geografiya va tabiatdan foydalanish fakulteti dekani g.f.n. dotsent, Aktimbayeva Aliya Sagindikovnalar bilan uchrashishdi.

Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, talabalar, professor-o‘qituvchilarning almashinuvi, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yaxshi samara berayotgani ta’kidlandi. Kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha takliflar bildirildi.

16-17-may kunlari O‘zMU professor-o‘qituvchilari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Olmota shahridagi Xalqaro ta’lim korporatsiyasida tashkil etilgan Xalqaro festivalda va 17-18-may kunlari Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida tashkil etilgan Xalqaro konferensiyada ishtirok etib, ma’ruzalar bilan qatnashdilar.

O'zMU Axborot xizmati