Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU professor-o‘qituvchilari Qozog‘istonning Qarag‘anda universitetida ma’ruza o‘qishdi

Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va fan sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash hamda universitetning milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida shu yilning 14-aprelidan 16-aprel sanasiga qadar Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa kafedrasi professori Lalixon Muhammedjanova hamda dotsent Gulchehra Shadimetova xizmat safari bilan Qozog‘istonning E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetida bo‘lishdi.

Safar davomida xorijiy universitetning Falsafa kafedrasiga, talabalar o‘quv xonalariga hamda kutubxonaga tashrif buyurildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan ilmiy muloqot qilindi, ma’ruzalar o‘qildi.

So‘ngra Qarag‘anda universiteti rektori v.b., strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektor E.J.Sarmurzin va boshqa rahbariyat vakillari bilan suhbatlashildi. Muloqot davomida prorektor ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi. Uchrashuvlar asosida mavjud tajribalar o‘rganib chiqildi, kelajakda mazkur universitet bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ilmiy stajirovkalarni tashkil etishga kelishib olindi.

Shuningdek, Qarag‘anda universiteti faoliyati bilan tanishish jarayonida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan qulayliklar va shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Qarang: https://buketov.edu.kz/ru/media/gostevie-lekcii-prepodavateley-nacionalynogo-universiteta-uzbekistana-imeni-mirzo-ulugbeka-888

O‘zMU Axborot xizmati