Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O'zMU professori Fransiyaning Puatye universitetida ma’ruza o‘qidi.

O‘zbek filologiyasi fakulteti “Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nilufar Abdurahmonova joriy yilning 7-11-noyabr kunlari Fransiyaning Puatye universitida “Korpus lingvistikasi” fanidan ma’ruza o’qidi.

Universitetimiz vakili Erasmus+ xalqaro loyihasining mobil almashinuvi dasturi doirasida Puatye universitida olib borilayotgan o‘quv jarayonlari, o‘quv uslubiy ta’minot hamda tadqiqotlar, shuningdek, “Korpus lingvistikasi” laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, soha doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarni amalga oshirdi.