Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMU professori Janubiy Qozog‘iston universitetida ma’ruza mashg’uloti olib bormoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy univyersiteti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik yuzasidan universitet Ijtimoiy fanlar fakulteti "Falsafa va mantiq" kafedrasi akademik almashinuv doirasida ikki oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini olib borishda amaliy ishlar olib bormoqda. Jumladan, joriy yilning 14-dekabr kuni "Falsafa va mantiq" kafedrasi mudiri, professor Shahnoza Madayeva Janubiy Qozog‘iston universiteti talabalariga "Markaziy Osiyo xalqlari falsafa tarixi" fanidan "Alisher Navoiyning falsafasi" mavzuida maʼruza mashg‘uloti olib bordi.
Maʼlumot o‘rnida, xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan ham kelishuvlar olib borilmoqda.

O’zMU Axborot xizmati