O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa kafedrasi professori Nigina Shermuhamedova Qirg‘izistonning Bishkek shahrida joylashgan Yusup Bolasog‘in nomidagi Qirgiz milliy universitetida bo‘ldi.
O‘zMU professori qirg‘izistonlik talabalarga “Barkamol shaxs tarbiyasida oliy ta’limning roli” mavzusida mahorat darsi o‘tib berdi. “Falsafa” yo‘nalishi talabalari ishtirok etgan mazkur dars muloqot tarzida davom etdi.
Shuningdek, N.Shermuhamedova Qirg‘iz milliy universitetida bo‘lib o‘tgan dissertatsiya ishi himoyalarida ham ishtirok etdi. Jumladan, ilmiy kengashda Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, doktorant Chjao Yuyxayoning dissertatsiyasi himoyasida tashqi opponent sifatida qatnashdi.
Xitoylik doktorant Chju Szyanshening falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilishga mo‘ljallangan bir martalik ilmiy kengashga rais etib tayinlandi.
Doktorant kengashda yuz foiz ovoz olib, dissertatsiya ishini muvafaqqiyatli himoya qildi. N.Shermuxamedova 28-fevralda tashkil etiladigan bir martalik ilmiy kengashda Sun Xueyszinning dissertatsiya ishi himoyasiga tashqi opponent etib tayinlandi.
O‘zMU Axborot xizmati