Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU professori Saudiya Arabistonidagi universitetda ma’ruza o‘qimoqda

O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi professori Mirsaid Aripov Saudiya Arabistonidagi Qirol Abdulaziz universitetiga 2 haftalik ma’ruza o‘qish uchun taklif etildi.

Universitet talabalari va yosh tadqiqotchilari uchun “Nochiziqli matematik modellar va ularning sifat xossalari” bo‘yicha ilmiy ma’ruza va seminarlar tashkillashtirildi.

Ayni vaqtda O‘zMU professori universitetning nufuzli olimlari bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda, shuningdek, yosh tadqiqotchilar bilan hammualliflikda ilmiy maqolalar ustida ish olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz universiteti QS xalqaro reytingida 149-o‘rinda turadi. Ushbu universitetning professori, O‘zMU mustaqil izlanuvchisi Sami Refahi Mahmud Hassan professor M.Aripov rahbarligida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Nanotuzilmalar va magneto-piyezoyelektrik-viskoyelastik materiallarni matematik modellashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilgan.

O‘zMU Axborot xizmati