Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU professori “Springer Nature” kompaniyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi

Joriy yilning 21-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Jahon bankining MUNIS loyihasi doirasida “Springer Nature” kompaniyasi hamkorligida “Springer Nature Awards-2024” forumi tashkil etildi.

Tadbirda 2019-2023-yillarda eng koʻp maqola chop etgan 10 ta ilmiy muassasa va 5 ta muallifni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Gʻoliblar “Springer Nature” tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti Sun’iy intellekt kafedrasi professori Ignatev Nikolay Aleksandrovich “Springer Nature” nashriyot kompaniyasining top mualliflari qatoridan joy oldi.

O'zMU Axborot xizmati