Xabaringiz bor O’zMU xalqaro aloqalar bo’limi tomonidan Portugaliya Porto universiteti bilan 2024-2026 yillar uchun Erasmus+ KA171 ICM grant dasturi qo’lga kiritilgandi.
Ushbu dastur administratsiya xodimlari, professor-o’qituvchilar va talabalar mobilligini o’z ichiga olgan.
Mazkur xalqaro dastur doirasida Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedra mudiri Mavluda Mardievna Portugaliyaning Porto shahrida joylashgan Porto universitetiga tashrif buyurdi.
OʻzMU professori dastavval Porto universiteti talabalariga oʻz bilim va koʻnikmalarini ulashgan boʻlsa, dastur soʻnggida hamkasblari tomonidan tashkil etilgan workshoplarda qatnashdi. Shuningdek, zamonaviy tilshunoslik va undagi dolzarb muammolar, adabiy tanqid yoʻnalishida tashkil etilgan konferensiyada ham ishtirok etdi.