Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Ravshan Musurmanov hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Xabibulla Bakiyev Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida bo‘lib turishibdi.
Vakillarimiz ushbu xorijiy mamlakatda o‘tkazilayotgan “Ipak yo’lida joylashgan mamlakatlarda ishlab chiqarish, ta’lim, tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyasi va uning amaliyotga tadbiqi hamda ta’lim sohasida hamkorlik masalalari” mavzusidagi xalqaro forumda, shuningdek, Sian chet tillar universiteti mezbonlik qilayotgan “Markaziy Osiyoda xitoy tilini o‘qitishning istiqbollari” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
Shu yilning 2-6-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur tadbirlar davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida takliflar o‘rtaga tashlandi, Markaziy Osiyoda xitoy tilini o‘qitish holati muhokama qilinib, soha rivoji uchun dolzarb muammolarga tavsiyaviy yechimlar berildi.
O’zMU Axborot xizmati