Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU rektori Janubiy Koreyalik mehmonlarni qabul qildi

Bugun, 25-iyun kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Hyundai Motor Chung Mong-Ku fondi direktorlar kengashi raisi Chung Musung, Fond biznes jamoasi rahbari Sho Hyun Jin hamda Konkuk universiteti yuridik fakulteti dekani, Migratsiya va ijtimoiy integratsiya tadqiqot markazi direktori Choi Yuncheol bilan uchrashdi. 

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Hyundai Motor Chung Mong-Ku fondi va Konkuk universiteti bilan kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar xususida fikr almashildi. 

Tomonlar kelajakda o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bitim imzolash hamda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha faol hamkorlik olib borish bo‘yicha kelishib olishdi. 

O‘zMU Axborot xizmati