Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU rektori Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti vakillarini qabul qildi

Bugun, 15-aprel kuni Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti vakillari O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Institut direktori o‘rinbosari Li Zhenli boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov muloqot qildi.

Institut bilan O‘zMU o‘rtasida 2024-yilda hamkorlik shartnomasi imzolangan. Tomonlar o‘rtasida mazkur hujjatda qayd etilgan yo‘nalishlar, O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy maqolalar nashr qilish va boshqa qator masalalar yuzasidan muhokama olib borildi.

Uchrashuv so‘nggida mazkur ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ikki oliy ta’lim muassasasi tomonidan yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, ularni bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

RSHYMOI Xitoyning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib, Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni kompleks o‘rganishga ixtisoslashgan.

O‘zMU Axborot xizmati