Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU talabalari dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida uchala o‘ringa ham egalik qildi

Joriy yilning 15-18 fevral kunlari Buxoroda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan tajribali sportchilar o‘zaro kuch sinashishdi.

Quvonarlisi, musobaqada eng og‘ir vazn (+100) toifasida bellashgan dzyudochilar o‘rtasida uchala g‘oliblik o‘rinlarini ham O‘zbekiston Milliy universitetining Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabari qo‘lga kiritishdi.

Jumladan, Abdulloh Xudoyorov birinchilikni egallab oltin medalga, Abbos Islomov 2-o‘ringa munosib ko‘rilib kumush medalga, Jayxun Botirov esa 3-o‘ringa da’vogarlik qilib bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Talabalarimiz va ularning murabbiylarini universitet rahbariyati nomidan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.