Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU talabalari taekvondo tarixida yangi sahifa ochdi

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha «Katta dubulg‘a» musobaqasi yakuniga yetdi. Quvonarlisi, mazkur turnirda bir yo‘la uch nafar o‘zbekistonlik taekvondochi, O‘zMU talabalari turnirda shohsupaga ko‘tarildi. 

Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari, Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) hamda Jasurbek Jaysunov (-80 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Ayollar o‘rtasida o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni Svetlana Osipova (+73 kg) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

E’tiborlisi, bugungi kungacha o‘zbekistonlik taekvondochilar «Katta dubulg‘a» turnirlarida hech qachon oltin medalga ega chiqishmagandi. Bu safar esa bir yo‘la ikkita oltin medal qo‘lga kiritilib, o‘zbek taekvondosida yana bir tarixiy sahifa ochildi.