O‘zbekiston Milliy universitetining bir guruh talaba-yoshlari Yoshlar turizmi haftaligi doirasida “Buyuk Ipak yo‘lidagi Xovos-Zomin maskanlari ziyorat turizmi rivojiga hissa qo‘shamiz!» shiori ostida sayohat uyushtirishdi.
Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha universitetga biriktirilgan Sirdaryo viloyatidagi Xovos hamda Jizzax viloyatidagi Zomin tumanlarida joylashgan diqqatga sazovor qadamjolar, turistik obektlar hamda ta’lim maskanlariga ekskursiya qilindi.
Jumladan, talabalar “Ko‘hna Xovos”, “Xasti buzurgon”, “Bibi ocha” hamda “Yusufbobo” ziyoratgohlari, “O‘lkashunoslik” muzeyi, “Motamsaro ona” majmuasi hamda Zomindagi zamonaviy ko‘prikda bo‘lib, mazkur obektlar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Gidlar, mutaxassislar va pedagoglarimiz tomonidan yoshlarga har bir tarixiy obekt va maskan haqida batafsil ma’lumotlar berildi, ularning ziyorat turizmi, zaminimiz boy tarixi va o‘tmishi haqidagi bilim va ko‘nikmalari boyitildi.
O’zMU Axborot xizmati