Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU talabasi – jahon chempioni

Joriy yilning 25-30-mart kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Taekvondo WT sport turi bo‘yicha eshitishda nuqsoni bor sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, mazkur chempionatda “Taekvondo va sport faoliyati" fakulteti 1-kurs magistranti Muhammad Usmonov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi.

Shuningdek, talabamiz 2025-yili Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Surdlimpiya (eshitishda nuqsoni bor sportchilar o‘rtasidagi musobaqa) o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zMU Axborot xizmati