Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU: Xitoy-O‘zbekiston strategik hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida

Joriy yilning 7-15-may kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti prorektorlari R.Musurmanov, Y.Ergashev va prof. S.Agzamxodjayevalardan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida “Xitoy-O‘zbekiston: yangi davrda keng qamrovli strategik hamkorlik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

Mazkur xalqaro anjumanda Xitoy Xalq Respublikasining qator oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi. 

Konferensiya yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Xitoy  jamiyatshunoslik fanlari akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

13-may kuni O‘zMU delegatsiyasi Pekin shahridagi Xitoy Xalq (Renmin) universitetida bo‘lib o‘tgan Xitoy mintaqaviy tadqiqotlar XXIV-Xalqaro forumida ham ishtirok etdi.

O‘zMU hamda Renmin universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamkorligi bo‘yicha xitoy-o‘zbek ilmiy markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.